Ob’ektlar tasvirini identifikasiyalash uchun dastur

23.02.2016

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dasturchilari ob’ektlar tasvirini identifikatsiyalash uchun dasturni ishlab chiqdilar. Dastur solishtirilayotgan ob’ektlar tasvirini tanib olish va ularning o‘xshashligini aniqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib IIV va maxsus oliy o‘quv muassasalarida qo‘llaniladi.

Dasturning ma’lumotlar bazasidan tasvirning identifikastiya belgilarini aniqlash, ularni kuzatilayotgan ob’ekt bilan solishtirishni va o‘xshashligini aniqlash, tasvir ichidagi ob’ektning identifikatsiya belgilarini tanib olish hamda xatto bir nuqtani aniqlash yo‘li bilan topishdan iborat. Shuningdek, kuzatilayotgan ob’ekt bilan solishtirish va o‘xshashligini aniqlash. Tasvir o‘xshashligini aniqlash ehtimoli — 100%, ob’ektdagi berilgan aniq belgilarni va tasvirlarni solishtirishni normallashtirish kabi funksional imkoniyatlari mavjud.

Mualliflar jamoasi — Muxitdinov Xakim, Turapov Ulugbek, Mallayev Oybek, Nurjanov Furkatbek va Abdukarimov Sirojiddinga ushbu dastur uchun № DGU 03428 raqamli guvohnoma berildi.

Manba: www.infocom.uz