Temir yo‘l chiptalarini sotib oluvchilar uchun yangi mobil ilova faoliyatini boshladi

23.02.2016

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» aksiyadorlik jamiyati o‘z  mijozlari uchun Android va iOS operatsion tizimining platformasi asosida mobil ilovalarni ishlab chiqib 2016 yil 23 fevraldan mobil ilovalarni ishga tushirmoqda.

Dasturning asosiy xususiyatlari bu temir yo‘l chiptalarini on-layn xarid qilish qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, ush-bu ilova foydalanuvchilarga poezdlar jadvalidagi o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlarni, shuningdek temir yo‘l transporti sohasidagi yangiliklar bilan tanishish imkoniyatini beradi.

Temir yo‘l chiptalarini sotib olish jarayonida «UzCard» tizimi to‘lov mexanizmi sifatida qo‘llaniladi.

Joriy qilinayotgan innovatsion yangilik sezilarli darajada yo‘lovchilarga qulaylik va xizmat sifatini oshirishiga umid qilamiz.

Ilovalardan foydalanish bo‘yicha batafsil ma’lumotni va AndroidiOS mobil ilovalarini shu yerda yuklash mumkin.

Manba:  www.infocom.uz