«Millii axborot havfsizligini ta'minlash va yoshlarda Internet-madaniyatini shakllantirishning dolzarb vazifalari»

26.02.2016

2016 yil 25 fevral kuni Toshkent viloyati  Zangiota tumanidagi Mirozo Ulug'bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti qoshidagi Akademik litseyda “Milliy axborot xavfsizligini ta’minlash va yoshlarda Internet-madaniyatni shakllantirishning dolzarb vazifalari” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat va tuman kengashi xodimlari va faollari, Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi mutaxassislari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan tuman kengashi deputatlari, ma’naviyat masalalari bo‘yicha maktab direktori o‘rinbosarlari, litsey o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Ushbu davra suhbati “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashi tashabbusi bilan Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi hamkorligida tashkil etildi.

Mazkur davra suhbatida so‘zga chiqqanlar O’zbekistonda fuqarolarning, ayniqsa, yoshlarning huquq va erkinliklarini ruyobga chiqarishga qaratilgan, Internetning milliy segmentini rivojlantirish, shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida axborot sohasiga oid mukammal qonunchilik bazasi va tashkiliy shart-sharoitlar yaratilganini ta’kidladilar. Bundan tashqari, Internet makonida tobora keskin tus olayotgan tahdid va salbiy tendensiyalar, yovuz kuchlar tomonidan axborot erkinligi su’iistemol qilinib, Internet tarmoqlarida terrorizm, diniy ekstremiz, “ommaviy madaniyat” g‘oyalari, shu bilan birga, boshqa axborot-psixologik ta’sir o‘tkazuvchi materiallar ham tarqalayotgani holatlariga alohida e’tibor qaratdilar.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga, ularni tashvishlantirayotgan muammolar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ham berildi. Xususan, aholining, ayniqsa, yoshlarning axboriy va huquqiy ta’limini oshirish, Internetdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish, Internet-madaniyatni rivojlantirish, yosh foydalanuvchilarda izlash tizimlarida ishlash ko‘nikmalarini oshirish, xavf-xatarni idrok eta olish qobiliyatini shakllantirish, nomaqbo‘l bo‘lgan saytlarga kirmaslik, ota-onalar nazoratini kuchaytirish, o‘quv yurti, mutaxassislar, jamoat tashkilotlari va ota-onalar formatida hamkorlik ishlarini yanada kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Manba: www.infosec.uz