Axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi

02.03.2016

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi “Elektron hukumat” o‘quv Markazida axborot xavfsizligini ta’minlashning turli yo‘nalishlariga bag‘ishlangan mavzularda o‘quv kurslari tashkil etildi.

2016-yilning 22-26 fevral kunlari davomida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi “Elektron hukumat” o‘quv Markazida axborot xavfsizligini ta’minlashning turli yo‘nalishlariga bag‘ishlangan mavzularda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari xodimlari uchun tashkil etilgan o‘quv kurslarida Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi xodimlari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Mazkur o‘quv kursida “O‘zbektelekom” AK, “Ipotekabank”, Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimlari qatnashdilar.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori tomonidan tasdiqlangan o‘quv kursi dasturida axborot xavfsizligi sohasida normativ-huquqiy baza va tushunchalar, axborot xavfsizligiga oid tahdid va xavf-xatarlar hamda Internet-madaniyat masalalari o‘z aksini topgan. Bundan tashqari, seminar davomida Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi xodimlari tomonidan axborot xavfsizligini ta’minlashning texnik jihatlari, xususan, lokal-hisoblash tarmoqlarida, ishchi pochta bilan ishlash paytida xafsizlikni ta’minlash, xavfsizlikning fizik choralari, virus va zararli dasturlardan himoyalanish kabi va boshqa masalalar ham tilga olindi.

Manba: www.infocom.uz